Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI!

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati N. Qurbonova Saidlar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi U. Matyakubov bilan hamkorlikda mahallada fuqarolar qabulini tashkil etdilar.
Qabul davomida saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammo va murojaatlar tinglanib, ularning ayrimlari joyida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish, vaqt va mablag‘ talab etadigan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga deputat tomonidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda saylovchilar bilan yaqin muloqotni taʼminlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.