Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN ISHLAR TAHLIL QILINDI!

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati N. Allaberganova mahallada “Ko‘chama-ko‘cha” yurish orqali Ijtimoiy reyestrga kiritilgan «Kambag‘al oilalar»ga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda ularni bandligini taʼminlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish borasida olib borilayotgan ishlar tahlilini o‘tkazdi.
O‘rganish davomida Muruvvat ko‘chasi, 24-uyda yashovchi D. Boltayevaning ishsizlik muammosi aniqlanib, uni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi va murojaat ijobiy hal etildi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1