Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

HUQUQIY AXBOROTDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Fotima Saydabdullayeva tomonidan tuman axborot-kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 7 sentyabrda qabul qilingan «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida axborot-kutubxonasida fuqarolarga huquqiy axborotlarni yetkazish, ulardan erkin va qulay foydalanish imkoniyatlari hamda qonun talablari asosida olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.
Shuningdek, huquqiy axborotdan foydalanuvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, mavjud huquqiy adabiyotlar va axborot resurslaridan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Slide 1 of 1