Tumanda yoshlar bandligini ta’minlash va yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi birinchi o‘rinbosari S.Sultanovning hisoboti ko‘rib chiqilib, ma’lumot uchun qabul qilindi va ishlar qoniqarli deb topildi.
Qarorga muvofiq, yoshlar bandligini oshirish, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish, shuningdek IT va zamonaviy kasblarga o‘qitishni kengaytirish hamda bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha targ‘ibotni faollashtirish vazifalari belgilandi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli hamkorlikni davom ettirish tavsiya etildi.
Qaror ijrosini nazorat qilish tegishli doimiy komissiya zimmasiga yuklatildi hamda qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.