Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva tashabbusi bilan imkoniyati cheklangan bolalar uchun “Tuyamo'yin tarixi muzeyi”ga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida bolalarga Tuyamo'yin suv omborining barpo etilish tarixi, ushbu ulkan bunyodkorlik ishlarida minglab muhandislar, quruvchilar va turli soha vakillarining mehnati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Muzey eksponatlari va tarixiy suratlar bolalarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida ota-onalar farzandlari uchun mazmunli va foydali sayohat tashkil etilgani uchun deputat Fotima Seydabdullayevaga samimiy minnatdorlik bildirdilar.