Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova Sayapir mahallasida
янв.21
Nafisa Qurbonova “Saidlar” mahallasidagi faol xotin-qizlar bilan uchrashdi
янв.21
“Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 1-son Tuproqqal’a saylov okrugidan saylangan deputat Ismoil Ro‘zimovich Jumanazarov mahallada fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Muhiddin Otaxonovich Yarashov o‘zi deputat sifatida saylangan Oxunboboyev mahallasida hokim yordamchisining ish samaradorligi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Yarashov Muxiddin Otaxonovich mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva Tuproqqala tuman markazida joylashgan IT Parkda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashi deputati I. Jumanazarov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Komilov Sarimoy MFY hokim yordamchisi Asadbek Komilov faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashi deputati D. Xojiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi P. Raxmonov “Xalimaxon” savdo kompleksi ochilish marosimida ishtirok etdi.
янв.21
Tuman hokimi va tuman Kengashi raisi “Jasorat” maktabida bo‘ldi
Nafisa Qurbonova “Saidlar” mahallasidagi faol xotin-qizlar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova “Saidlar” mahallasidagi faol xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada mavjud ijtimoiy muammolar, oila mustahkamligini ta’minlash hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat jarayonida joriy yilning o‘tgan davrida mahallada ajrimlar soni 2025-yilning shu davriga nisbatan oshgani qayd etildi. Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, jumladan, yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari ko‘paygani ta’kidlandi.

Uchrashuvda erta ajrimlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat Nafisa Qurbonova tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv mahallada xotin-qizlar faolligini oshirish, oilalarni mustahkamlash va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qildi. 

Slide 1 of 1