Tuproqqal'a tumani hokimi, Kengash deputati Akmal Ortikovich Jimalyazov "Kelajak" bolalar maktabiga tashrif buyurib, o'quvchi-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o'tkazdi.
Tashrif davomida tuman rahbari IT, hunarmandchilik va san'at yo'nalishlaridagi to'garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishib, o'quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy va innovatsion ishlanmalarni ko'zdan kechirdi. Yosh iqtidor egalari o'z loyihalari, erishgan natijalari hamda kelgusidagi rejalari haqida ma'lumot berdilar.
Uchrashuvda yoshlarning bilim va salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda zamonaviy ta'lim va ijodiy muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri ekani alohida ta'kidlandi.