ISHCHI GURUH O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
🔹 “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Rahimov, doimiy komissiya raisi O.Dadajonova, deputat F.Omonova, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Eminjonov, “Madad” NNT, soha vakillari, siyosiy partiyalar hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
🏢 Ishchi guruhning navbatdagi manzili tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bo‘lib, unda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda bolalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam holati o‘rganildi.
📊 O‘rganish davomida murojaatchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularga kompleks xizmatlar ko‘rsatish hamda muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅ Ta’kidlanganidek, xotin-qizlar va bolalar manfaatlarini himoya qilish, ularga sifatli yordam ko‘rsatish hamda qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.