Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi raisi Xushnudbek Sultonov “Drujba Foton” MChJ boshqaruv kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, moddiy-texnik baza hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi. Shuningdek, mutaxassis xodimlar bilan muloqot qilinib, amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
Ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga zamonaviy “aqlli qulflar” o‘rnatilgani aholi xavfsizligi va qulayligini oshirishga qaratilgan muhim ishlardan biri sifatida e’tirof etildi.
Yakunda bajarilgan ishlar yuzasidan navbatdagi tuman Kengashi sessiyasiga batafsil axborot kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.