Mazkur o‘rganish hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davomat, darslar sifati hamda ichki muhit holatini o‘rganish yuzasidan amalga oshirildi.
Tahlillar natijasida maktabda o‘quvchilar davomatining yuqori ekani, ya’ni 98 foizni tashkil etishi qayd etildi. Shu bilan birga, darslar sifati belgilangan talablar darajasida emasligi aniqlanib, bu borada tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.