Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 9-Saepir saylov okrugidan saylangan deputat Seydabdullayeva Fotima Otaxonovna deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zi saylangan Saepir mahallasida o‘rganishlar o‘tkazish reja-jadvaliga asosan “Mahalladagi jinoyatchilikka qarshi kurash holatini, ayniqsa hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish” mavzusida o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganish davomida mahallada 2025-yil 1-choragida 4 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2026-yil 1-choragida 3 ta jinoyat sodir etilgani aniqlandi. Biroq joriy yilda yangi texnologiyalar bilan bog‘liq, ya’ni kiberjinoyatlar va telefon orqali sodir etilayotgan jinoyatlar 100 foizga oshgani qayd etildi.
Shuningdek, mahalla uchastka noziri bilan suhbat jarayonida mahallada jinoyatchilikning oldini olishda tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.