1. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi
partiya deputatlik guruhi rahbari S.Allayarovning tumanda sifatsiz mahsulot
ishlab chiqarish hamda narx-navoni sun’iy oshib ketishining oldini olish ustidan
jamoatchilik nazorati samaradorligini o‘rganish yakunlari to‘g‘risidagi axboroti
ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ishchi guruhga plastik kartadan (kassa apparat) savdo qilishni rad
qiladigan savdo shahobchalar va tadbirkorlar aniqlanganida yoki tovar
mahsulotlar bahosi sun’iy oshiriluvchi holatlar aniqlanganida ushbu
qoidabuzarlik yuzasidan tuman soliq tashkilotiga xabar berish tavsif qilinsin.
3. Tuman hokimining o‘rinbosarlari (S.Sultanov, X.Jumaniyazov)lar
hamda tegishli tashkilot rahbarlari tuman hududi va ichki bozorida narxlarni
kengash.gov.uz VII-22-37-12-218-K/26
barqarorligini saqlash va aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari
(kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, o‘simlik yog‘i, shakar, un, tuxum va go‘sht)
zaxirasini yaratilishini tashkil etish va undan oqilona foydalanishga shaxsan
javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
4. Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha
o‘rinbosari (X.Jumaniyazov) aholining yildan yilga oziq-ovqat mahsulotlariga
bo‘lgan talabini to‘liq qoplash uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni
hamda aholi bandligini ta’minlash maqsadida foydalanishdan chiqqan yaylov
yerlarni o‘zlashtirish, mahallalarda aholi tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni
saqlash uchun kichik hajmdagi omborxonalar tashkil etish choralarini ko‘rish
vazifasi topshirilsin.
5. Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi
markazi boshlig‘i (A.Atajonov)ga:
savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena
talablariga rioya etilishi ustidan muntazam nazoratni kuchaytirish;
sifatsiz va yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarning savdoga
chiqarilishining oldini olish;
aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rish vazifalari
yuklatilsin.
6. Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i (S.Ro‘zimova)ga:
savdo shoxobchalarida narx-navoning shakllanishini tahlil qilish;
asossiz ustama qo‘yish va sun’iy narx oshirish holatlarining oldini olish
yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazish topshirilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman
Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,
investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy
komissiya raisi I.Qalandarov zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiritiladi.