Mazkur masala yuzasidan Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i T.A. Alimov axborot berdi. Axborot davomida tumandagi yer resurslaridan foydalanish holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Komissiya a’zolari tomonidan kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli savol-javoblar o‘tkazildi hamda taklif va mulohazalar bildirildi.
Muhokamalar yakunida ushbu masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan xulosa berildi. Shuningdek, doimiy komissiya bayonnomasi rasmiylashtirilib, tegishli ko‘rsatma va takliflar asosida qaror qabul qilindi.