Kengash deputati J. Kur’yazov mahalla faollari, nuroniylar hamda tadbirkorlar bilan hamkorlikda ish olib borib, homiylarni jalb etgan holda ushbu xayrli tashabbusga bosh-qosh bo‘lmoqda. Ta’mirlash jarayonida zarur texnika va qurilish materiallari yetkazib berilishi ham yo‘lga qo‘yilgan.
E’tiborlisi, mahalla aholisi ham bu ezgu ishga befarq qolmay, hashar yo‘li bilan faol ishtirok etmoqda. Ular yo‘lni tekislash, shag‘al yoyish kabi ishlarda yaqindan yordam berib, umumiy sa’y-harakat bilan ichki yo‘lni yaxshilashga hissa qo‘shmoqda.
Mazkur tashabbus hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush sharoitini yanada qulaylashtirish hamda ichki yo‘llarning holatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, ushbu yo‘l orqali qatnov ancha osonlashib, mahalla aholisi uchun qulayliklar yanada ortishi kutilmoqda.