Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi S.B. Allaerov Yoshlik mahallasida joylashgan 4-son maktabda o‘rganish o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 9-Saepir saylov okrugidan saylangan deputat Seydabdullayeva Fotima Otaxonovna deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zi saylangan Saepir mahallasida o‘rganishlar o‘tkazidi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Z.B. Rahimberganova mahallada
янв.21
“Sarimoy” mahallasidagi bolalar bog‘chasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining **“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari”** bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Partiya guruhi o 'rganishi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan “Tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish hamda yakunlarini muhokama qilish” masalasi ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J.M. Kur’yazov tashabbusi
янв.21
O'quv seminar
Deputatlar tumanda “Tashabbusli budjet” loyiha doirasida foydalanishga topshirilayotgan obyektlarni o‘rgandi

Muzrabot tumanida 2025-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumida g‘olib deb topilgan tumanning "Fayziobod" mahallasidagi 27-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida zamonaviy sport infratuzilmasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri- deputat D.Sherboyev hudud deputati A.Do‘sanov bilan tumandagi “Fayziobod” mahallasiga borib, jarayonlar bilan tanishdilar.

Mazkur loyiha doirasida maktab hududida mini stadion, workout maydonchasi (ochiq sport maydonchasi) hamda yuvinish xonalari qurilib, to‘liq foydalanishga topshirildi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami 1 milliard 264 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada, maktab o‘quvchilari, shuningdek, mahalla aholisi uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini olib borish uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratildi.

Yangi sport inshootlarining foydalanishga topshirilishi maktab jamoasi hamda mahalla aholisi tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.

Slide 1 of 7