Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹Unda Kadastr agentligi Oqdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i D.Raximovning 2025-yil davomida tumanda yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish natijalari yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.
🔹Hisobotda yer maydonlaridan maqsadli foydalanishni ta’minlash, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🔹Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, kelgusida yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔹 Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova ishtirok etdi.