Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Sh.Otemisov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarga muvofiq, bugun 11-mart kuni Taxiatosh tumanida Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari X.Yeshimbetov tomonidan belgilab berilgan qator vazifalar ko‘rib chiqildi.
📁 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarini, jumladan, 2026-yil 21-fevral kungi "Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillarga mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 70-sonli Qarori va Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida aholiga tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari tushuntirildi.
✔️ Shuningdek, deputatlar faoliyatini yanada takomillashtirish, bunda, saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, saylovchilarning muammolarini o‘rganib partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashiga yetkazish, deputat so‘rovi institutidan foydalanish, o‘tkaziladigan tadbirlarda partiya atributlarini qo‘llash tartibi qayd etildi.
👨👩👧 Shu bilan birga, "Eng faol deputat," "Eng faol doimiy komissiya" va "Eng faol Kengash" tanlovlariga tayyorgarlik ko‘rish, Yoshlar parlamenti a’zolari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha ham qator vazifalar so‘z yuritildi.
Tadbir davomida, "Naymanko‘l" mahallasini "Yangi O‘zbekiston" qiyofasidagi mahallaga o‘zgartirish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.
🍔 Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 70-sonli Qarori va Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuzasidan tezislar deputatlarga yetkazildi.