🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha hamda Reglament va deputatlik odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
▪️ mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablag‘laridan pul ajratish;
▪️ Ko‘p qavatli uylar atrofida qo‘shimcha bog‘lar yaratish;
▪️ 2025 yil 12 sentyabrdagi PF–172-sonli Farmon ijrosi doirasida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, suv ta’minoti va sug‘orish tizimlarini yaxshilash;
▪️ deputatlik vakolatini tugatish masalasi.
Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.