Yangiliklar

Xotin-qizlar faoliyati va qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati I.Aralbaeva “Jayxun” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ajratilgan kredit mablag‘larining samaradorligi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayollar faoliyati hamda ularning yutuq va muammolari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, “Ayollar daftari”dan chiqarish ishlarining holati ham ko‘rib chiqildi.

Muloqotlar davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 4