Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati A.Madaminov “Taxiatosh” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda kommunal xizmatlar holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida aholini issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, hududdagi sanitariya holati va kanalizatsiya tarmoqlarining holati ham tahlil qilindi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, jumladan kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlash va hududni obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.