Yangiliklar

Jamoat transporti va avtobus bekatlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati G.Taganberdiyev tomonidan tuman hududida jamoat transportining muntazam harakatlanishi hamda avtobus bekatlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga xizmat ko‘rsatayotgan jamoat transporti harakat jadvali, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek mavjud va yangidan qurilayotgan avtobus bekatlarining holati ko‘rib chiqildi. 

Bekatlarning texnik holati, tozaligi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish masalalari yuzasidan tahlil ishlari olib borildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jamoat transporti xizmatlari sifatini yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3