Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi 11-Miyonqol saylov okrugi deputati D. Yusupova Oqdaryo tumani 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati tashkil etdi.

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi 11-Miyonqol saylov okrugi deputati D. Yusupova Oqdaryo tumani 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati tashkil etdi.

📌Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yoshlarga oid qator muhim hujjatlar, jumladan, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan yoshlar siyosatini takomillashtirishga qaratilgan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Deputat D. Yusupova o‘z so‘zida bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini, eng muhimi, bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligini ta’kidladi. 

📌Tadbir yakunida yoshlar o‘z oldilariga katta maqsadlar qo‘yishi, Vatanga sadoqatli, bilimli va tashabbuskor bo‘lib voyaga yetishi lozimligi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 3