Oqdaryo tumani Kadastr agentligi bo‘limida “Korrupsiyaga murosasiz kurashamiz” shiori ostida o‘rganish tadbiri tashkil etildi.
Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Adilova, Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi J. Sadullayev hamda tuman hokimligi bosh yuriskonsulti G‘. Abduhakimovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida:
-korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi;
-sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama etildi;
-fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi va xizmat ko‘rsatish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi;
-xodimlarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.