Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotni ko‘rib chiqish belgilangan.
Mazkur masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari doirasida tuman Kengashi deputatlari N. Asqarova va G. Isomxonova tomonidan Yangi Diyor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida deputatlar mahalla profilaktika inspektorining ish faoliyati bilan tanishib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar shakllantirilib, navbatdagi sessiya muhokamasida inobatga olinishi nazarda tutilgan.