Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi deputati S.Qo‘narova tomonidan tuman statistika bo‘limi faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
📝 O‘rganish davomida bo‘lim faoliyati, statistik ma’lumotlarni shakllantirish va taqdim etish jarayonlariga e’tibor qaratildi.
⚖️ O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi O‘RQ–707-sonli “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida olib borildi. Mazkur qonun rasmiy statistikani tashkil etish, statistik ma’lumotlarning ishonchliligi va xolisligini ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.