Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Ummatov tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Pastki So‘loqli mahallasining Tut dala ko‘chasida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri elektr ta’minoti infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘chada amaldagi elektr ta’minotida foydalanilmayotgan bir nechta eski beton ustunlar va ularga tortilgan kabellar mavjudligi aniqlandi. Mazkur kabellar yo‘l ustida osilib, harakatlanishga xalaqit berayotgani, ayrim beton ustunlar esa yo‘lning foydalanish qismiga xalal berayotgani qayd etildi.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish, foydalanilmayotgan beton ustunlar va ulardagi ortiqcha kabellarni belgilangan tartibda demontaj qilish hamda ko‘chada xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitini yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish belgilandi.