Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan o‘tgan chorakda amalga oshirilgan ishlar, deputatlik so‘rovlari, Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan masalalar hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axborot berildi.
Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mahalladagi mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, murojaatlarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.