Fuqarolarning tomorqadan samarali foydalanish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda Kengash deputati N.Alimovlar “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanib o‘z daromadini oshirib kelayotgan hamda kambag‘allikdan chiqarilgan fuqarolar faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, issiqxona tashkil etish va dehqonchilik orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar samaradorligi muhokama qilinib, mavjud tajribalarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#K_Muhammadiyev #N_Alimov