Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev “Takiya” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy muammolarni hal etish, bandlikni ta’minlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan hududda olib borilayotgan tashabbuslar, aholi farovonligini oshirish va manzilli ishlash tizimi samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#K_Muhammadiyev