Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hududda amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi

Hududda amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-386-sonli “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida tuman markazidagi “Yetimqum” mahallasi hududidan o‘tgan R-100 avtomobil yo‘li bo‘yidagi kollektorni yopiq tizimga o‘tkazish orqali hosil bo‘lgan yer maydonida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qurilish sifati, belgilangan texnik talablarga muvofiqligi hamda ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi. Mazkur loyiha hudud infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi yuzasidan fikr almashildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev

Slide 1 of 5