Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda Kengash deputati N.Alimovlar “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy muammolarni hal etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatlari o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaror saqlash, fuqarolar bilan manzilli ishlash va aholi farovonligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev #N_Alimov

Slide 1 of 4