Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatidan

Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatidan

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 13-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat N. Alimov o‘z okrugidagi “Shodlik” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev bilan birgalikda mahalla hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi.

Tanishuv davomida mahallada aholi bilan ishlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda bandlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mavjud muammo va takliflar muhokama qilinib, mahallada ish samaradorligini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev #N_Alimov

Slide 1 of 5