Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi faoliyati va aholi murojaatlari o‘rganildi

Mahalla yettiligi faoliyati va aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bilan manzilli ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, bandlikni ta’minlash hamda hududni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, tashrif davomida mahalla fuqarolarining murojaatlari tinglanib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan birgalikda muhokamalar o‘tkazildi. Aniqlangan masalalarni hal etish va ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev

Slide 1 of 3