Fuqarolar bilan ochiq muloqot va targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati K.Muhammadiyev “Yangikent” mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda kommunal sohalarga oid muammolar atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, mahalla aholisi bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar hamda qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olinishi ta'kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#K_Muhammadiyev