Yangiliklar

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Qorajonov taklifiga binoan tumanning turizm salohiyati, madaniyati, sanʼati va adabiyotini xalqaro maydonda keng targʻib maqsadida  bir guruh shoir, yozuvchi, tarjimonlar Gʻallaorol tumanida boʻlishdi

Xalqaro ijodkorlar Aʼzam Obidov boshchiligidagi Mariya Filipova (Bolgariya), Muhammad Al-Domayni (Saudiya Arabistoni), Muhsine Arda (Turkiya), Irena Kobald (Avstraliya), Kyo‘ Bih Hau (Vyetnam), Boyan Angelov (Bolgariya), Attila F. Balaj (Ruminiya), Henriyetta Somogyi (Slovakiya), Chagnam Erkmen (Turkiya), Yorma Kastinen (Finlyandiya) Saʼad ibn Abu Vaqqos ziyoratgohida boʻlib tumanda faoliyat olib borayotgan "Qaqnus" ijodkorlar toʻgaragi faoliyati va ijodi bilan tanishishdi. Mushoira kechasi boʻlib oʻtdi. Turli tillarda sheʼrlar oʻqildi. Tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari ijrosida qoʻshiqlar ijro etildi. Mehmonlarga milliy taomlar tortildi.

Slide 1 of 7