Yangiliklar

Deputat nazorati.

 Toshkent kanalida olib borilayotgan betonlash ishlari nazoratdan o‘tkazildi 

Sentral Aziya Konstruksiya MCHJ tomonidan tumandagi Toshkent kanalida
betonlash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda obyektda 70 nafar ishchi
mehnat qilmoqda. Loyihaga muvofiq, umumiy ish hajmining 70 foizi, ya’ni 900
metr maydondan 750 metrida betonlash ishlari yakunlangan.
Bajarilayotgan ishlar sifati va sur’atlari Agrar,
suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, deputat B.
Abralov tomonidan o‘rganilib, doimiy nazoratga olindi. Nazorat jarayonida
ishlar belgilangan reja asosida olib borilayotgani qayd etildi.
 

Slide 1 of 3