IJTIMOIY HIMOYA VA MANZILLI YORDAM DEPUTAT NAZORATIDA
3-Mitan saylov okrugi deputati B.Abralov mahalladagi ijtimoiy xodim
tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor ijtimoiy ehtiyojmand toifalarni
qo‘llab-quvvatlash tizimiga qaratildi. Xususan: Ijtimoiy nafaqalar: Kam
ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonining
shaffofligi; Manzilli ko‘mak: Ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand
qatlamiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati; Mezonlar ijrosi: Nafaqa
tayinlashda belgilangan meyorlarga amal qilinishi ko‘rib chiqildi.
Deputat o‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim faoliyati va to‘lovlarning o‘z
vaqtida yetib borayotgani yuzasidan ularning fikrlarini tingladi.
Shuningdek, 2026-yil uchun belgilangan rejalar muhokama qilinib, ijtimoiy
yordam tizimini yanada raqamlashtirish va inson omilini kamaytirish orqali
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.