Yoshlar bandligi va rejalar muhokama markazida
Mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan
tadbirlarning samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari
muhokama etildi. Shu munosabat bilan 15-Faydabod saylov okrugi deputati D.
Komilova mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar,
mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek,
suhbat jarayonida 2026 yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar
atroflicha muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Deputat mazkur yo‘nalishdagi ishlar yoshlarning ijtimoiy faolligini
oshirish va bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.