DEPUTAT VA MAHALLA FAOLI:
MUAMMOLAR VA ISTIQBOLDAGI REJALAR
15-Faydabod saylov okrugi deputati D. Komilova mahalla xotin-qizlar faoli
tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy
ahvolini yaxshilashga qaratildi. Xususan: ✅ "Ayollar daftari"
orqali ko‘rsatilayotgan ko‘makning manzilliligi; ✅ Ishsiz ayollarni kasb-hunarga
yo‘naltirish va bandligini ta’minlash; ✅ Oilalardagi ma’naviy-axloqiy
muhitni sog‘lomlashtirish masalalari tahlil qilindi.
Shuningdek, deputat faolning 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejalari
bilan tanishdi. Kelgusi yilda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash
va oilaviy ajrimlarni keskin kamaytirish bo‘yicha yangicha tizim asosida
ishlash yuzasidan kelishib olindi.
D. Komilova ayollar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha mahalla faoliga
tegishli tavsiya va yo‘nalishlarni berdi.