IJTIMOIY HIMOYA DEPUTAT NAZORATIDA
15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilova "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib,
nogironligi mavjud shaxslarga berilayotgan imtiyozlarning qo‘llanilish holatini
o‘rgandi.
📌 O‘rganish davomida:
Ijtimoiy xizmatlarning sifati va imtiyozlarning ijrosi tahlil qilindi.
Deputat markazga kelgan fuqarolar bilan bevosita suhbatlashib, ularni
qiynayotgan muammolar va ko‘rsatilayotgan yordamdan mamnunligini o‘rgandi.
Yangi yilda nogironligi bor shaxslarni band qilish va manzilli ijtimoiy
sug‘urta tizimini kengaytirishga asosiy e’tibor qaratiladi.