Yangiliklar

Deputat mahallada

 Kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi 

Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi,
xususan aholini kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar
yuzasidan 15-Faydabod saylov okrugi deputati D. Komilova bilan suhbat
o‘tkazildi.
 

Uchrashuv davomida hududda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, kam
ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar
tahlil qilindi. Shuningdek, suhbat jarayonida 2026-yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib,
ustuvor vazifalar belgilab olindi.
 

Deputat mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi turmush darajasini oshirishda
muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.