KONSTITUTSIYA — XALQ IRODASI, ADOLAT VA TARAQQIYOT POYDEVORI
8-dekabr — yurtimiz hayotidagi eng muhim, tarixiy sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan barchangizni samimiy tabriklayman!
Konstitutsiya — bu shunchaki hujjat emas. U — xalqimizning erkinlikka bo‘lgan ishonchi, adolatga intilishi, huquq va majburiyatlarning muqaddas kafolati, davlat va jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.