#Deputat_faoliyati
Toshhovuz mahallasida uyma-uy xatlov ishlari olib borilmoqda.
Xatlovning asosiy maqsadi — mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini o‘rganish, shuningdek yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.
Mazkur jarayon doirasida har bir fuqaro bilan alohida tartibda ishlash, ularni kasb-hunar kurslariga jalb etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, shuningdek zarur amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks tadbirlar rejalashtirilgan.