9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Bugungi globallashuv davrida mamlakatlarning taraqqiyoti, jamiyat farovonligi va yosh avlodning kelajagi bir qator omillarga bog‘liq. Shu omillar ichida eng xavfli to‘siqlardan biri – korrupsiyadir.
U nafaqat iqtisodiy barqarorlikni izdan chiqaradi, balki xalq ishonchi, milliy rivojlanish va avlodlar istiqbolini ham halokatga etaklaydi. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat bugunning, balki ertaning taqdiri uchun ham juda muhim.
Korrupsiya qachonki biror tizimda qaror topsa, o‘sha yerda adolat yo‘qoladi. Odamlar imkoniyat tengligiga ishonmay qo‘yadi, mehnat va bilim qadri pasayadi. Bu esa mamlakatning intellektual salohiyatiga zarba beradi.