Tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan shifokor va hamshiralarning test imtihonlarini topshirishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Ma’lumki, tibbiyot sohasida malaka oshirish va attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tish mutaxassislarning kasbiy mahoratini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bois deputat A. Tavboyev tomonidan ushbu jarayonning borishi, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Тuman tibbiyot texnikumida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishildi.