Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Turdiyev Boshcho‘rosh mahallasida aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi bo‘yicha mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Turdiyev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.
янв.21
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi.
янв.21
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
янв.21
#Konstitutsiya #Tabriknoma
янв.21
KONSTITUTSIYA — XALQ IRODASI, ADOLAT VA TARAQQIYOT POYDEVORI
янв.21
Tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan shifokor va hamshiralarning test imtihonlarini topshirishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Qosimova ishtirokida tumandagi “Payariq hayoti” gazetasi tahririyati binosida matbuot anjumani tashkil etildi.
янв.21
Toshhovuz mahallasida uyma-uy xatlov ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi A.Tavboyev va tuman Saylov komissiyasi raisi D.Jo'rayevlar ishtirokidan tuman Kengashi deputatining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to'g'risidagi masala muhokama qilindi.
Konstitutsiyamiz-inson va fuqaro huquqlarining huquqiy kafolati

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Asosiy Qonunga kiritilgan o‘zgartishlar inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning manfaatlarini ustuvor qo‘yish, adolat va
ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, demokratik jamiyat qurish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor yaratdi. Bugungi kunda Konstitutsiya nafaqat davlat boshqaruvining asosiy manbai, balki har bir fuqaroning huquqiy himoya vositasiga aylanmoqda. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada “Inson-jamiyat va davlat uchun oliy qadriyat” degan tamoyil asosiy g‘oyaga aylandi. Bu g‘oya barcha bo‘lim va moddalar mazmunida o‘z ifodasini topgan.  

Ma’lumki, yangi tahrirdagi Bosh qomusimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi, deya e’lon qilinib, unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oshdi. Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilandiki, bu davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishiga asos bo‘ldi. 

Bugungi kunda amaldagi qonunchilik mazkur konstitutsiyaviy qoidalarga hamohang tarzda takomillashtirilib, fuqarolarga qulay huquqiy kafolatlar yaratilmoqda. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Konstitutsiyada ijtimoiy davlat g‘oyasi alohida o‘rin egalladi. Davlatning aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashi, minimal ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashi, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha majburiyatlari belgilandi. Ta’limning
uzluksizligi, sifatli xizmatlardan har bir fuqaroning teng foydalanish huquqi, ekologik xavfsiz muhitda yashash kabi huquqlar zamonaviy talablarga moslashtirildi. 

Umuman olganda, yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida samarali huquqiy asos yaratdi. Bu o‘zgarishlar jamiyatda adolatni qaror toptirish, fuqarolarning huquqlarini kafolatlash, davlatning mas’uliyatini
oshirishga xizmat qiladi. Asosiy Qonunning yangilanishi O‘zbekistonning demokratik taraqqiyot yo‘lidagi ishonchli qadam bo‘lib, xalqning manfaatlariga xizmat qiladigan, huquqiy, adolatli va ochiq jamiyat qurish uchun mustahkam poydevor yaratdi. 

Konstitutsiya inson va fuqaro huquqlarining to‘laqonli huquqiy kafolati sifatida mamlakatimiz kelajagini belgilab beruvchi asosiy hujjatdir. Undagi o‘zgarish va qo‘shimchalar xalqimiz manfaatini, har bir fuqaroning sha’ni, huquqlari va farovon hayotini ta’minlashga qaratilgan. Asosiy Qonunimizning yangilanishi O‘zbekistonning demokratik taraqqiyot yo‘lida dadil qadam tashlayotganidan dalolat beradi.

N.Oxunova
Zomin tuman Kengashi deputati