#Deputat_faoliyati #Matbuot_anjumani
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Qosimova ishtirokida tumandagi “Payariq hayoti” gazetasi tahririyati binosida matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumani davomida 5-Samarqand saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar hamda fuqarolar murojaatlari asosida ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan ochiq va batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
✅Ushbu jarayon deputatning aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni samarali hal etish borasidagi tashabbuslari izchil davom etayotganini yana bir bor tasdiqladi.