❇️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Sulaymonova tomonidan Pastdarg‘om tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i B.Jurayevga 114-ds-487-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
✅Deputatga saylovchilar tomonidan Galatut MFYdagi Bog‘i Davlatobod ko‘chasining holati yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
✅Mazkur ko‘chaning yo‘l qismi bugungi kunda qoniqarsiz holatda bo‘lib, transport vositalari harakati hamda piyodalar uchun qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.
❇️Ayniqsa, yomg‘irli mavsumda yo‘lda chuqurlar hosil bo‘lib, harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani bildirildi.
📈Deputat so‘rovida ushbu ko‘chani maxsus texnika, xususan greyder yordamida tekislash hamda zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish so‘ralgan.
✍️Shuningdek, mazkur deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan muddatlarda javob berilishi talab etilgan.