✍️9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar oldidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati J. Ochilov tomonidan tuman ko‘chalarining holati o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida ko‘chalar obodonchiligi, yo‘l qoplamalari sifati, tozalik ishlari hamda bayram tadbirlarini munosib o‘tkazish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅Deputat tomonidan bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.