Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

TOMORQALARNI SUV BILAN TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari G‘.Axmedov va N.Turdiyevlar tomonidan Yangi Hayot mahallasi Navnihol ko‘chasi boshlig‘i R.Nazarov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar muhokama qilinib, asosiy masala sifatida aholi xonadonlaridagi tomorqa yerlarini suv bilan ta’minlash uchun ichki ariqlarni tashkil etish va mavjud ariqlarni tartibga keltirish zarurligi ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan mazkur masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish hamda aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4